Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 11 oyida O‘zbekiston 58 ta xorijiy davlatlardan qiymati 84,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan mebel mahsulotlarini import qilgan.
Bu 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 mln AQSh dollariga ko‘p.
O‘zbekiston 2021 yilning 11 oyida mebel mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
- Koreya – 28,4 mln;
- Xitoy – 18,4 mln;
- Turkiya – 13,7 mln;
- Rossiya – 8,7 mln;
- Ukraina – 3,5 mln;
- Polsha – 2,1 mln;
- Qozog‘iston – 1,9 mln;
- Belarus – 1,6 mln;
- Litva – 1,1 mln;
- Italiya – 848,5 ming;
- Germaniya – 775,2 ming AQSh dollari.

















