Joriy yilning 8 oyida Özbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 57,2 mln. AQŞ dollariga teng bölgan mebel mahsulotlarini import qilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 12,9 mln. AQŞ dollariga köp.

Davlat statistika qömitasi ma'lumotlariga köra, ötgan sakkiz oy mobaynida import qilingan mebel mahsulotlarining eng katta uluşi Koreya (26,6 mln.), Xitoy (8,6 mln.), Turkiya (8,6 mln.), Rossiya (4,1 mln.), Litva (1,6 mln.), va 1,5 mln. AQŞ dollari bilan Ukraina hissasiga töğri kelgan.

Ma'lumot örnida, bu yil Özbekiston 46ta (ötgan yilning şu davrida 51ta) xorijiy davlatdan mebel mahsulotlarini import qilgan.