Tiş yuvayotganda suvni öçirib qöyasizmi yoki oqizib? Idiş-tovoq yuvayotganda-çi?
Birgina tiş yuviş uçun qança suv sarflaşingiz haqida heç öylab körganmisiz? Aslida tiş yuviş uçun 1 stakan (200 ml) suv kifoya. Lekin aksariyat tiş tozalaş çoğida suvni öçirib qöyişni xayoliga ham keltirmaydi. Tişlaringizni hafsala bilan çötkalagunga qadar örtaça 7 litr suv behudaga oqib ketişga ulguradi. 7 litr! Bunça suvga yana 35 kişi tiş tozalaşi mumkin. Agar butun Özbekistonning 33 millionlik aholisi bir marta tiş yuvişda suvni oqizib qöyadigan bölsa, naq 231 tonna suv isrof böladi. Vaholanki, qaysidir tumanlarda poytaxtdagidek şarillagan suv ─ orzu!
Yer yuzida çuçuk suv resurslarining çegaralanganligi haqida yaxşi bilamiz. Yer sayyorasining 70 foizini qoplagan 1,5 milliard kub kilometr (1,54 kvintillion tonna)ning 97 foizini okean va dengizlarning iste'molga yaroqsiz şör suvlari, 2 foizini muzliklarning suvlari taşkil etadi. Insoniyat zaxirasida atigi 1 foiz iste'molga yaroqli çuçuk suv mavjud va u ham tobora qisqarib, global muammoga aylanib bormoqda. Bir kunda bir kişi örtaça 200 litr (yuviniş, ovqat qiliş, içiş, idiş yuviş va h.k) suv sarflaydi. Lekin bu körsatkiçni 30 foizgaça qisqartiriş mumkin.
Suvni tejaş kerakligi bolalikdanoq singdiriladi. Behuda maqsadda işlatilgan suv isrof, isrof esa gunoh. Uni tejaş uçun allaqanday innovatsion uskuna öylab topiş, şör suvni çuçuk suvga aylantiriş haqida boş qotiriş şart emas. Şunçaki birgina qöl harakati bilan jömrakni yopiş orqali ança-munça suvning tejalişiga sabab böliş mumkin. Global suvsizlikkka qarşi kuraş har kim öz kundalik hayotida elementar asosda suvni tejaşidan boşlanadi.
Tiş yuvişda, soqol olişda, soç yuvişda, yuzni sovunlayotganda şunçaki jömrakni yopib qöying. Köp qavatli uylarda köp kuzatiladigan issiq suv kelguniça sovuğini oqizib qöyişda ham suvni biron idişga töldirib oliş orqali yeçim topiş mumkin.
Idiş yuvadigan va kir yuvadigan maşinadan töğri foydalaning. Bunday maşinalar 2tagina kiyim/idiş uçun ham 20ta kiyim/idiş uçun ham bir xil hajmda suv sarflaydi. Şuning uçun ularning kuçidan töliq hajmda foydalanişga harakat qiliş kerak. Ya'ni belgilangan miqdorda idiş/kiyim-keçakni solib, suvdan unumli foydalaniş mumkin. Yana bir kiçik nyuans: avtomat kir/idiş maşinalarining













