Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sumka astari ostiga yashirilgan patron fosh etildi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga ko‘ra, bojxona nazoratini chetlab, bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazish kontrabanda jinoyati hisoblanib, besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bojxona xodimlari navbatdagi kontrabanda jinoyatiga chek qo‘yishdi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti orqali yurtimizga xorijdan kirib kelgan fuqarosi R.N. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, uning sumkasining astari ichida 9 mm kalibrli pistolet uchun mo‘ljallangan patron yashirilganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
21:11 / 30.05.2026