Joriy yilning 17 iyul kuni soat 05:30larda Toşkent şahar Sergeli tumanida yaşagan 27 yoşli D.N. boşqaruvidagi Opel Omega rusumli avtomaşinasini Toşkent viloyatining Yangiyöl tumani Çortoq mahallasi hududidan ötuvçi “Quyi Çirçiq-Toşkent” yölida haydab ketayotib, şu yönalişda özidan oldinda harakatlanib ketayotgan Namangan viloyati Çortoq tumanida yaşovçi 62 yoşli A.I. boşqaruvidagi DAF rusumli yuk avtomaşinasining orqa qismiga urilib, yöl-transport hodisasi sodir etgan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada Opel Omega avtomaşinasi haydovçisi va uning yölovçisi, Sergeli tumanida yaşagan 22 yoşli A.U. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etganlar. 

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.