2019 yilning 17 iyul kuni Diniy erkinliklarni ilgari suriş masalalariga bağişlangan ikkinçi vazirlar konferensiyasida iştirok etiş uçun Vaşington şahriga Özbekiston delegatsiyasiga boşçilik qilib kelgan taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov AQŞning Afğonistondagi yaraşiş masalalari böyiça Maxsus vakili Zalmay Xalilzod bilan uçraşdi.

Afğoniston yönalişidagi hamkorlik böyiça muntazam Özbekiston – AQŞ muloqoti doirasida mazkur mamlakatda tinçlik örnatiş borasidagi siyosiy jarayonning hozirgi holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, deyiladi TIV xabarida.

Uçraşuvda Doha şahrida (Qatar) bölib ötgan afğonlararo konferensiya yakunlari qöllab-quvvatlandi va muzokaralar köp yillik afğon mojarosini tinç yöl bilan hal qilişning yagona usuli ekanligi tasdiqlandi.

AQŞ tomoni Afğonistonda tinçlik örnatişga qaratilgan siyosiy jarayonni boşlaşga kömaklaşiş hamda energetika va transport sohalarida muhim infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş borasidagi Özbekiston sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini bildirdi.