Özbekistonga Xitoyning CNTIC-CRRC DLOCO konsorsiumi delegatsiyasi taşrif buyurdi. «Özbekiston temir yöllar» aksiyadorlik jamiyatining Markaziy apparatida respublika temir yöl ma'muriyati boşqaruvining yuk va yölovçi taşiş uçun lokomotiv işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçi kompaniyalar vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuvda ikki davlat örtasidagi munosabatlar, xususan, temir yöl sohasidagi samarali hamkorlik izçil rivojlanib borayotganligiga alohida e'tibor qaratildi. Şu örinda, elektrovozlarning 24 tasiga (şu jumladan, 16 ta yuk va 8 ta yölovçi hamda yuk taşişlarga möljallangan) şartnoma imzolanişi ikki davlat aloqalari kengayişining tasdiği böldi.

Yangi lokomotivlar «Temir yöl samaradorligini oşiriş» loyihasi doirasida hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 586-sonli qaroridan kelib çiqadigan «Lokomotiv parkini yangilaş» investitsiya loyihasida belgilangan çora-tadbirlarni amalga oşiriş doirasida sotib olinadi. Uşbu loyiha Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. Loyihani amalga oşiriş muddati – 2019-2020 yillari.

Yangi lokomotivlar yölovçi va yuklarni taşişga möljallangan bölib, şu jumladan oğir yuklarni toğ şaroitida taşiş imkoniyatiga ega. Ularda qöllanilayotgan zamonaviy texnologiyalar elektr energiyasini tejaş bilan birga yonilği iste'molni ham kamaytiradi. Ekologik xavfsizlik böyiça xalqaro talablarga javob beradigan mazkur lokomotivlar asenxron tortiş elektr dvigatellari bilan jihozlangan.