Prezident Şavkat Mirziyoyev Xovos tumanidagi «Saxovat» fermer xöjaligi dalasida bölib, ğöza rivojini közdan keçirdi. 

«Bek klaster» korxonasiga qaraşli mazkur xöjalikda joriy mavsumda ğalladan 455 tonna hosil olinib, 314 million sömdan ziyod sof foyda körilgan. Böşagan maydonga eksportbop dukkakli ekinlar ekilgan. 

Hozirda 50 gektar maydonda ğöza parvarişlanmoqda.

Davlatimiz rahbari dalaga kirib, paxta rivojini közdan keçirdi.

Fermerlar Sardoba suv ombori qurilgani, zararkunandalarga qarşi kuraşiş uçun Sirdaryo viloyatiga budjetdan 10 milliard sömdan ziyod mablağ  ajratilgani natijasida eng dolzarb masalalar hal etilib, yuqori hosil yetiştirilayotganini ta'kidlaşdi.

- Dalaga çiqişdan maqsad nima özi? Daromad topiş! Daromadni esa birinçi navbatda qöşimça hosil ta'minlaydi. Şuning uçun terimgaça har bir tupga kamida beştadan kösak, gektariga beş sentnerdan paxta qöşişga harakat qiliş kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu yerda viloyat tumanlari va sektorlar rahbarlari, nuroniylar, fermer va tadbirkorlar bilan uçraşuv böldi. Unda qişloq xöjaligi va kiçik biznesni rivojlantiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş, jinoyatçilikning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz bordi.

Sirdaryo viloyatida bu yilgi hosil uçun 73 ming gektar maydonda çigit ekilgan. Bahor oylari seryoğin kelgani oqibatida ayrim maydonlar buzilib, qayta ekilgan.

Viloyat va soha mutasaddilariga qoloq maydonlarning har bir konturi böyiça nazoratni yölga qöyib, biostimulyatorlar bilan işlov beriş, barça agrotexnik tadbirlarni tizimli taşkil etiş böyiça topşiriqlar berildi.

Paxtaning xarid narxi ötgan yilgiga nisbatan qariyb 1,3 barobarga köpaytirilgani fermerlarning manfaatdorligini oşirgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari yirik sanoat korxonalari bölmagan viloyatda yalpi hududiy mahsulotni östiriş, aholini iş bilan ta'minlaşning asosiy manbai kiçik biznes bölişi kerakligini ta'kidladi. Şuningdek, jinoyatçilikning oldini oliş, aholi salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan işlarni kuçaytiriş böyiça alohida körsatmalar berildi.