Islom inqilobi soqçilari korpusi Hurmuz böğozida Britaniyaning Stena Impero tankerini qölga oldi. Bu haqda Press TV telekanali xabar berdi.

Eron axborot agentliklarida ta'kidlanişiça, tanker xalqaro me'yorlarni buzgani sababli uni uşlaşga qaror qilingan.

Stena Bulk & Northern Marine Management kompaniyasida voqea tafsilotlari aniqlaştirilgan. Ta'kidlanişiça, tanker hozir Eron sohillariga yöl olmoqda, ekipaj bilan aloqa yöq.

“Britaniyada röyxatdan ötgan Stena Impero kemasiga Hurmuz böğozidan ötişi vaqtida, xalqaro suvlarda bölganida noma'lum suziş vositalari va vertolyot yaqinlaşgan”, deb aytilgan xabarda. Kema bortida 23 kişi bölgan. 

Britaniya vaqti bilan soat taxminan 16da tankerni kiçik kemalar qurşab olgan. Şuningdek, tankerni uşlaşda vertolyot ham iştirok etgan. 

Tanker Şvetsiyaning Stena Bulk kemaçilik kompaniyasiga tegişli bölib, Britaniya bayroği ostida suzadi. Kema Saudiya Arabistonining şarqidagi Al-Jubayl şahriga yöl olayotgan bölgan. Bu hududda Fors körfazidagi bir qator neft konlari joylaşgan. 

18 iyulda korpus patruli Fors körfazida “bortida millionlab tonna kontrabanda yonilğisi bölgan” xorijiy tankerni uşlagan. Tehron tanker kimga tegişli ekani va qaysi davlat bayroği ostida suzişini oşkor qilmagan, biroq keyinroq e'lon qilingan videoda kemada Riah yozuvini köriş mumkin bölgan.