Ukrainada Oliy Rada uçun muddatidan avvalgi saylovlar boşlandi. Bunday saylov ötkazilişi mamlakatning yangi prezidenti Vladimir Zelenskiy parlamentni tarqatib yuborganidan keyin belgilangandi.
Saylov uçastkalari mahaliy vaqt bilan soat 8:00da oçildi (Toşkent vaqti bilan soat 10:00) va saylovçilar soat 20:00gaça (Toşkent vaqti bilan soat 22:00) ovoz berişlari mumkin.
Qonunçilikka köra Oliy rada deputatlarining yarmi - 450 deputatning yarmi siyosiy partiyalar tomonidan saylanadi, qolgan yarmi — bir mandatli okruglar böyiça. Qrim Rossiya tarkibiga qöşib olinişi, şuningdek Rossiya bilan çegaradoş bölgan Donetsk va Lugansk oblastlarining katta qismida ayirmaçilar nazorat örnatgani tufayli bir mandatli okruglar böyiça 225 nafar deputat örniga 199 deputat saylanadi, deputatlarning jami soni esa 450 nafar emas 424 nafar böladi.












