21 iyulga ötar keçasi Namangan şahri markazidagi «Çorsu» bozorida yirik yonğin sodir böldi.
«Namangan şahrida şu yil 21 iyul kuni soat 01:38larda Uyçi köçasida joylaşgan «Çorsu» dehqon bozorida yonğin sodir bölgan. Körilgan çoralar natijasida yonğin öçirilgan. Yonğin oqibatida dehqon bozorida yonma-yon joylaşgan dorixona, sartaroşxona va parfyumeriya mahsulotlari savdo dökonlarining 200 kv.m. maydoni hamda non rastasining 600 kv.m. maydoni yonib zarar körgan. Jarohat olganlar yöq.
Yonğin elektr simlarini qisqa tutaşuvidan kelib çiqqani taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabarida.
Namangan viloyati yonğin xavfsizligi boşqarmasi mutasaddilariga köra, bozorning non rastasi alanga olgan. Rastaning şift hamda tom qismidan 600 kvadrat metr joyi va jihozlar, bozor hududiga tutaş «Zulayho sanoat savdo» MÇJga qaraşli dorixona va uçta savdo dökonining şift, tom qismidan 200 kvadrat metr joyi jihozlari bilan, jami 800 kvadrat metr maydon yongan.
Uşbu dökonlar atrofida bölgan «Moskviç-412» rusumli avtomobil ham yonib ketgan.
Yonğin tungi soat 02:00 atrofida qurşab olingan va 45 daqiqada öçirilgan. Bölinmalar tomonidan 1600 kvadrat metr maydon ofatdan saqlab qolingan. Yonğinni bartaraf etişda 12 ta ekipaj iştirok etgan.
Internetda yonğin videolari va uning oqibatlari aks etgan suratlar tarqalgan.



















