Eronlik harbiylarning Britaniyaga tegişli Stena Impero tankerini uşlagani sababi ma'lum böldi. Bundan tanker ekipaji, Fors körfazida patrullik qilayotgan HMS Montrose britan fregati va Eron Islom inqilobi soqçilari korpusi vakillari örtasidagi muloqot yozuvidan ma'lum böldi. Audioyozuv Dryad Global konsalting kompaniyasi tomonidan tvitterda e'lon qilingan.
Aniqlanişiça, fregatdagi harbiylar tankerga Eron talabiga böysunmaslikni tavsiya qilişgan. 19 iyulda eronlik harbiylar tanker ekipajini baliq ovlovçi qayiq bilan töqnaşuvda va uning yordam beriş signaliga javob bermaganlikda ayblab qölga olgan.
“Agar böysunsangiz, xavfsizlikda bölasiz”, deb, eronlik harbiylar tankerdan öz yönalişini özgartirişni talab qilgan. Bu orada HMS Montrose fregati tankerga yönalişni özgartirmaslikni tavsiya qilgan: “Bu britan harbiy kemasi F236. Siz xalqaro suvlar orqali ötayotganingiz sababli, xalqaro huquqqa köra sizga heç kim halaqit yoki tösqinlik qila olmaydi”.
Fregat tanker uşlanişiga xalaqit qilmoqçi bölgan, biroq ulgurmay qolgan va tanker Eron portlaridan biriga olib ketilgan. Tankerda 23 kişi – Hindiston, Filippin, Latviya fuqarolari va 3 nafar rossiyalik bölgan. Tehronda tanker ekipaji soğ-salomat ekanligi ma'lum qilingan.
Bu orada 21 iyulda Eron neft vaziri Bijan Zangani tankerlarning uşlanişi Erondan neft eksportiga ta'sir qilmaganini ma'lum qilgan.
4 iyulda Britaniya maxsus kuçlari Gibraltarda Eron tankerini sanksiyalarni çetlab ötgan holda Suriyaga neft yetkaziş ayblovi bilan qölga olgandi. Tehron bu aylovlarni rad etgan.
Eron Britaniya tankerini uşlagani sababi ma'lum böldi
14:53 / 22.07.201921 4692 min












