Yarimhimoyaçi Husniddin Ğofurov «Lokomotiv»dan «Paxtakor»ga ötdi.
«Şerlar» matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, 25 yoşli futbolçi bilan 1,5 yillik şartnoma tuzilgan.
Ğofurov Superliganing birinçi davrasida «Lokomotiv» tarkibida 8ta öyin ötkazib, 4ta golga hammualliflik qilgan edi. U Özbekiston milliy jamoasi tarkibida 7ta öyin ötkazgan.

Ma'lumot uçun, Husniddin professional faoliyatini 2012 yilda «NBU-Osiyo» jamoasida boşlagan. 2014 yil Serbiyaning «Yavor» klubi bilan bitim imzolab, keyinçalik «Mladost» safiga ötgan. Ğofurov 2018 yildan buyon «Lokomotiv»da öynab kelayotgandi.
Husniddin Ğofurov
Tuğilgan sanasi: 29.07.1994
Öynagan jamoalari:
2012—2013 "NBU-Osiyo" - 20 öyin, 14 gol
2014—2017 "Yavor" Serbiya - 80 öyin, 9 gol
2017 "Mladost" Serbiya - 8 öyin, 1 gol
2018—2019 "Lokomotiv" - 37 öyin, 4 gol
Qayd etiş kerak, Ğofurov xaridi «Paxtakor»ning davralar oraliğidagi ilk transferi böldi.
Bunga qadar 2018 yilda Isroil klublariga ijara berilgan isroillik Gidi Kanyuk «Paxtakor»ga qaytgani, şuningdek, Sadriddin Abdullayev ham jarohatidan keyin maşğulotlarga qöşilgani xabar qilingan edi.
Şuningdek, Samarqandning «Dinamo» klubi ötgan hafta darvozabon Botirali Ergaşev va yarimhimoyaçi Şoxruh Abdurahmonovning transfer huquqini «Paxtakor»dan sotib olganini e'lon qilgandi.












