2019 yil 22 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaş maqsadida körib çiqilgan bir qator qonun loyihalari siyosiy partiyalarning parlament quyi palatasidagi fraksiyalari hamda Özbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yiğilişlarida ham dastlabki tarzda qizğin muhokama qilingan edi.
Deputatlar «Valutani tartibga soliş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasini muhokama qilişdi. Ta'kidlanganidek, mazkur loyihada valutani tartibga soliş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşirişda iqtisodiy çoralarning ustuvorligini, valuta operatsiyalariga davlat organlarining noqonuniy aralaşuviga yöl qöyilmasligi, valuta kursini aniqlaşda faqatgina bozor mexanizmlari qöllanişini nazarda tutuvçi qoidalar belgilanmoqda.
Şuningdek, amaldagi qonundagi ba'zi normalar özining dolzarbligini yöqotgani sababli tubdan qayta körib çiqilmoqda.
Deputatlarning fikriça, xorijiy valutani erkin sotib oliş va sotiş imkoniyati va milliy valuta ayirboşlaş kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda belgilanişi mamlakatda işlab çiqarilgan mahsulotlarning içki va taşqi bozordagi raqobatdoşligi va rentabelligini oşiriş bilan bir qatorda, mamlakatda investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni köpaytiriş, xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qiliş, eksport imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.













