Xitoy şarqidagi Içun şahri yaqinidagi toğlarda 285 sayyohdan iborat guruh u yerda keçgan kuçli yomğirlar sababli qolib ketdi. 22 iyulda Xitoy markaziy televideniyesining xabar qilişiça, sayyohlardan 3 nafari halok bölgan, 23 nafari bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.
Ma'lum qilinişiça, 21 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 15 atrofida Gaoxu qişloği yaqinidagi toğli hududda kuçli yomğirlar yoğgan va ular toşqinlar keltirib çiqargan.
Soat 21:40dagi ma'lumotlarga köra, 200 dan köproq sayyoh evakuatsiya qilingan.
Voqea joyida qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda. Televideniyening xabar qilişiça, uşbu işlarda 530 dan köproq kişi iştirok etmoqda, şuningdek, dronlar jalb qilingan.
Xitoy, yomğirlar
Xitoy toğlarida 20 dan köproq sayyoh bedarak yöqoldi
13:31 / 22.07.20198 3921 min













