Garet Beyl va «Real» örtasida «sovuq uruş» davom etmoqda: Zidan uelslik futbolçi klubga kerakmasligi haqida oçiq gapirdi.

«Beyl tez orada ketişiga umid qilamiz, bu hamma uçun yaxşi böladi. Garetga qarşi heç qanday şaxsiy adovatim yöq, lekin şunday vaqtlar böladiki, nimanidir özgartiriş kerak. Men qaror qabul qilişim kerak, özgarmasak bölmaydi. Transfer – bu murabbiyning hamda vaziyatni tuşunib turgan futbolçining qaroridir. 24 soatdan keyinmi yoki 48 soat içida, uni bilmadim, ammo vaziyat özgaradi. Hamma tomon uçun şunisi yaxşi», – dedi murabbiy jamoa mavsumoldi yiğinini ötkazayotgan Monrealdagi matbuot anjumani vaqtida.

Futbolçining agenti Jonatan Barret esa fransiyalik mutaxassisning sözlariga keskin munosabat bildirdi. «Zidan — şarmanda. U «Real» uçun juda köp iş qilgan insonga hurmatsizlik qildi. Agar bu transfer amalga oşsa ham, bu futbolçining xohişi va manfaatlari evaziga böladi, bu aslo Zidanga boğliq emasligi aniq. Biz bu iş ustida işlayapmiz», dedi u.

Hammasi qaçon boşlangandi?
Bahorda jamoaga qaytgaç Zidan Beylni ikki marta öyinga zayavka qilmadi, mavsumning oxirgi turida esa futbolçi 90 daqiqa davomida zaxira örindiğida ötirdi. Aniqki, futbolçini bunday holat ranjitdi: hakam huştagi yangraşi bilan jamoaning barça futbolçilari muxlislar qarşisiga minnatdorçilik uçun borişganida u namoyişkorona tarzda kiyim almaştiriş xonasiga yöl oldi va heç kimga çurq etmadi.

Garet OAV vakillari bilan gaplaşmadi, öyindan keyin Radioestadio naşri u göyoki kiyim almaştiriş xonasida jamoadoşlariga aytgan sözlarni keltirdi: «Mening 3 yillik şartnomam qolgan. Agar ular men ketişimni istaşsa, ular menga har mavsum uçun 17 million yevrodan tölaşlari kerak. Agar bunday qilişmasa men şu yerda qolaman va golf öynayman».

Zidan esa boşqaça fikrda edi. U özi jamoada körişni istagan futbolçilari röyxatini tuzgan va bu futbolçilar transferi uçun 300 millionga yaqin mablağ sarflanişi közda tutilgan, buning uçun esa jamoa 200 million yevroga yaqin mablağga futbolçi sotişi talab etilardi. Beyl Zidanning «ketuvçilar röyxati»da birinçi raqamda edi.

«Ha, bizning ğoyamiz keyingi mavsumga kuçli hujum çiziği bilan kirib borişga asoslangan. Köramiz, qanday bölarkan. Menda qanday futbolçilarni olib keliş böyiça aniq tuşunça bor. Ammo menda transferlar ustidan töliq nazorat yöq. Men murabbiyman, klubda esa jiddiy hokimiyat instituti bor - prezident va boşqa muhim şaxslar. Ammo biz barça işni birgalikda qilamiz», degandi murabbiy yoz boşida.

Öşandayoq Zidan Beyldan qutuliş va unga örinbosar olib keliş payiga tuşgandi. Ammo 2022 yilgaça şartnomaga ega bölgan Garet ham, uning agenti ham muzokaralar stoliga ötirmadi. Murabbiy futbolçini Monrealdagi yiğingaça sotişga ulgurişni istagandi, ammo jiddiy takliflar yöqligi va Beylning özi oyoq tirab olişi vaziyatni qiyinlaştirdi. U 30 yoşda va jarohatlarga moyil, şunday ekan unga Madriddagi kabi maoşni boşqa klub berişi dargumonligini özi ham yaxşi tuşunib turadi.