Nashrning axborot berishicha, bu avtomobillarning o‘tkazuv quvuri plastikdan yasalgan va harorat o‘zgarishi sababli erishi mumkin.
"Bu bir necha holatlarda avtomobilda yong‘in yuzaga kelishiga olib kelgan", - deya Volvo vakili Stefan Elfstryomning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda nashr.
Gap 2014-2019 yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan V40, V60, V70, S80, XC60 va XC90 avtomobillari haqida bormoqda.
Avvalroq Volvo yonilg‘i uzatish tizimidagi nosozlik tufayli 200 mingdan ortiq va yukxona qopqog‘idagi elektr uzatgich nosozligi bois 167 mingta mashinasini qaytarib olgandi.











