Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodalar o‘tish joylariga ham kuzatuv kameralari o‘rnatish taklif etildi
Foto: KUN.UZ
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish haqida petitsiya e'lon qilindi.
“Shaharlarimiz ko‘chalarida kuzatuv kameralari ishga tushganiga mana ikki yarim yildan ortiq vaqt o‘tdi. Bugunga kelib, kuzatuv kameralari aniqlayotgan qoidabuzarliklarning soni yettitaga yetgan, lekin bu kameralarning 90 foizdan ko‘prog‘i svetoforlarning atroflariga qo‘yilgan”, - deyiladi murojaatda.
Bildirilishicha, hozirda kamera bo‘lmagan joylarda, ayniqsa piyodalar o‘tish joylari (yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi)da qoidalarga rioya qilmaydigan haydovchilar tobora ko‘payib ketmoqda.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatishni taklif qilamiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
08:30 / 02.04.2026
Dunyoda eng ko‘p kamera o‘rnatilgan shaharlar reytingi
09:05 / 27.03.2026
1 apreldan haydovchilarga jarima ballari kamera orqali ham hisoblanadi
18:00 / 13.03.2026
Prezident Virtual qabulxonasida har bir mahalla uchun alohida kabinet ochiladi
08:45 / 26.02.2026