Adliya vazirligi 2019 yil 1 avgustdan qonunçilikda qanday özgarişlar yuz berişi haqida batafsil ma'lumot taqdim etdi.

1. Fuqarolardan ayrim ma'lumotnomalarni talab qiliş taqiqlanadi.

Davlat xizmatlari körsatişda davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan jismoniy şaxslardan jamğarib boriladigan pensiya daftarçalari, soliq va boşqa majburiy tölovlar böyiça qarzi mavjud yoki mavjud emasligi töğrisida ma'lumotnomalar, soliq tölovçining hisobga qöyilganligi töğrisida guvohnomalar, tölangan daromadlar va jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining uşlab qolingan summalari töğrisida ma'lumotnomalar talab qilinişi taqiqlanadi.

Uşbu hujjatlarni davlat boşqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boşqa taşkilotlar davlat soliq xizmati organlari, ATB “Xalq banki”, budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasidan elektron özaro hamkorlik orqali mustaqil ravişda söraydilar va oladilar.

2. Qöşilgan qiymat soliği va yagona soliq tölovçilar safi kengayadi.

Yagona yer soliği tölovçisi hisoblangan qişloq xöjaligi tovarlari işlab çiqaruvçilari ixtiyoriy ravişda qöşilgan qiymat soliğini tölaşga ötişi mumkin.

Kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilişdan olgan tuşumi 100 million sömdan oşgan, biroq bir milliard sömdan köp bölmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositaçilik xizmatlarini körsatuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq tölovini tölaşga ötadi.

3. Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi ayrim xodimlarining iş haqi oşadi.

Yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaşning tasdiqlangan razryadlariga köra vazirlik boşqaruv xodimlari lavozim maoşlarini aniqlaşda tarif koeffitsiyentlarini bir yarim baravar miqdorida qöllanadi.

Davlat budjeti mablağlari hisobidan vazirlik markaziy apparatining:

• fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik iş haqiga — 30 foiz;