Bugun, 24 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Öztransgaz» AJ mutasaddilari tomonidan taşkil etilgan tadbirda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlaş, eksport masalalari va tizimdagi qator muammolar özaro muhokama etildi.

Tadbirda boşqaruv raisi örinbosari Murodulla Boşmanov tabiiy gaz eksporti böyiça ma'lumot berdi.

«Tabiiy gaz eksporti içki iste'molga ta'siri bölyapti. «Lukoyl» kompaniyasidagi qarzdorligimiz şunga sabab böldi. Aslida, bunday bölişi kerakmas. Ötgan yili balans körsatkiçlaridagi ayrim xatoliklar tufayli uşbu vaziyat yuzaga keldi. «Lukoyl»dan 146 AQŞ dollariga gaz olib, 40 dollardan sotdik. Natijada biz zarar kördik. Bu xato bizniki va uni özimiz töğirlaşimiz kerak. Aholining gaz iste'moliga ta'sir ötkazmasligimiz kerak», - deya Boşmanovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, anjumanda Özbekiston tabiiy gazi qaysi davlatlarga eksport qilinayotgani ma'lum qilindi. Unga köra, «Öztransgaz» AJ ayni vaqtda Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Xitoyga tabiiy gaz yetkazib bermoqda. Şu yilning boşidan eksport körsatkiçlari fizik hajmda 6454,7 mln kub metrni taşkil etdi. Yil yakunida esa bu raqam 15 565,0 mln kub metrga yetişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Reuters agentligi şu yilning mart oyida Özbekiston «Lukoyl»dan 2018 yilda gaz yetkazib bergani uçun 600 million dollarga yaqin qarz bölib qolgani haqida xabar bergan edi.

Bu xabar ortidan, aprel oyi boşida Baxtiyor Anorqulov «Öztransgaz» kompaniyasi raisining moliya böyiça örinbosari vazifasini bajaruvçi lavozimidan ozod etildi.

«Lukoyl»ning qazib oliş böyiça katta vitse-prezidenti Azat Şamsuarov qarzdorlik mahsulotni bölişib oliş töğrisidagi kelişuvda qazib olingan gaz töliq eksport qilinişi közda tutilgan bölsa ham, Özbekiston qazib olingan gazning bir qismini içki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma'lum qilgandi.

«Özbekneftgaz» öşa vaqtda heç qanday izoh bermagan edi.

May oyi boşida Özbekiston energetika vazirining birinçi örinbosari, «Özatom» agentligi boşliği Jörabek Mirzamahmudov «Özbekneftegaz»ning «Lukoyl»dan qarzdorligi böyiça