Jahon | 18:32 / 25.07.2019
2409
1 daqiqa o‘qiladi

MAGATEni ruminiyalik mutaxassis vaqtincha boshqaradi

Foto: iaea.org

Ruminiyalik mutaxassis Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik bosh direktori vazifasini vaqtincha bajarib turadi. Ruminiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlarda doimiy vakil bo‘lib faoliyat yuritgan Cornel Feruta MAGATEning bosh muvofiqlashtiruvchi vazifasini bajaradi. 

Bu haqda agentlik rasmiy saytida ma'lum qilindi. Ma'lum qilinishicha, Cornel Feruta 22 iyul kuni 72 yoshida vafot etgan Yukiya Amanoning yaqin safdoshi bo‘lgan va agentlikning qator yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatini boshqargan. U agentlik bosh direktori saylangunga qadar ushbu vazifani bajaradi. 

Mavzuga oid