AQŞ Senati general Mark Millini Ştab qömondonlari birlaşgan qömitasi raisi lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda Kongress Axborot xizmati xabar qilmoqda. 

Ta'kidlanişiça, Milli bu lavozimda general Jozef Danford örnini egallaydi.

Eslatib ötamiz, 2018 yil dekabrida Amerika yetakçisi Donald Tramp uşbu vazifaga Milli nomzodini ilgari surgan edi.