Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Farğona viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oşirişni jadallaştiriş va sanoatni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Farğona viloyatida 2019-2020 yillarda amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlandi. 

Röyxatga köra, Bağdodda innovatsion kovorking markazi (GNT technology) taşkil etiş möljallanmoqda. Uşbu loyihaga 400 ming dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb etiladi. Işga tuşiriş muddati - 2020 yil 1 may.

Bundan taşqari, Rişton tumanida madaniy turizm kompleksi yaratiladi. Bunda turistlar uçun muzey, ovqatlaniş joyi böladi. Amalga oşiriş muddati - 2019 yil 1 sentabr. 

Söx tumanida esa farel baliğini yetiştiriş rejalaştirilmoqda. Amalga oşiriş muddati - 2019 yil 1 dekabr. Toşloq tumanida tuyaçilikni rivojlantirişga oid loyiha amalga oşiriladi. Muddati - 2019 yil 1 oktabr. 

Öz navbatida, “Qöqon” erkin iqtisodiy zonasida Smart city barpo etiş möljallanmoqda. Loyiha qiymati - 4 150 000 mln söm. Chxong-Xe kompaniyasi taşabbuskor bölgan uşbu loyiha tumanlararo ahamiyatga ega. Loyihaga 500 ming dollar miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Amalga oşiriş muddati - 2025 yil 1 dekabr. 

Şuningdek, Özbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elçixonalari bilan hamkorlikdagi loyihalar orasida New City Fergana turar joy kompleksini barpo etiş bor. Loyiha taşabbuskori - Chung construction design group kompaniyasi. Qiymati - 1 245 000 mln söm, xorijiy investitsiyalar miqdori - 150 000 dollar. Amalga oşiriş muddati - 2020 yil 1 dekabr.