Sönggi kunlarda jahon böylab ayrim maşhur, «millioner» Telegram kanallardagi obunaçilar soni keskin kamayib ketişi kuzatilmoqda. Bundan Özbekistondan turib yuritiladigan va xalq örtasida ommalaşgan ayrim Telegram kanallar ham mustasno emas. Buni Telegram kanallar haqidagi statistik ma'lumotlarni kuzatib boruvçi Telegram Analytics saytida köriş mumkin.

Bir muddat avval Osiyoning janubiy qismida ixtiro qilingan usul — soxta akkauntlar hisobiga kanal obunaçilarini köpaytiriş avj olgan va Özbekistondagi ayrim «köngiloçar» Telegram kanallar öz obunaçilari sonini millionlik körsatkiçlarga yaqinlaştirib olişgan edi.

Ular bu usuldan foydalanib, reklama beruvçilarning reklamasini aslida yöq foydalanuvçilarga göyoki namoyiş etişga qiziqtirib, aldab kelişayotgandi.

Endi Telegram asosçilari kanallardagi botlar va soxta foydalanuvçilarga qarşi kuraş e'lon qilgan körinadi. Buning oqibatida foydalanuvçilar sonini sun'iy oşirgan kanallarga «qirğin» keldi. Ötkazilayotgan profilaktika sababli aynan mana şunday şubhali kanallar kuniga 30-60 minglab «foydalanuvçisi»dan judo bölmoqda.

«Obunaçilar sonini köpaytiriş xizmati»dan foydalanmagan kanallarda esa muntazam ösiş davom etmoqda.