Şveytsariya va Buyuk Britaniya aholisi eng insofli va tartibli deb hisoblanişi mumkin. Bir neça tadqiqotlar natijasiga köra, uşbu ikki mamlakat fuqarolari boşqalarga qaraganda atrofdagilarni köp munosabatlar qatorida moliyaviy masalalarda ham kamroq aldaşadi. 

Amerikalik va şveysariyalik olimlar 2018 yil mobaynida dunyoning turli şaharlarida bölib, birgina tajribani takror-takror ötkazişgan. Ular odamlarga körinadigan joyda, masalan, köçada, muzeyda, bankda va mehmonxonalarda pul töla hamyonni egasining ma'lumotlari bilan birga qoldirişgan. Söngra, hamyonni topib olgan şaxs qanday yöl tutişini kuzatişgan. Şunday qilib, dunyoning 40 mamlakatida 17 mingdan ortiq kişi insofda sinalgan. 

Odamlar özlarining moddiy foydasiga qarşi kelmagunça tartibli böladi, an'anaviy xulosadan farqli ölaroq, tajribaning ixtiyorsiz iştirokçilari topilmani egasiga qaytarişga harakat qilişgan. Bunda, köp hollarda, (51ga 40 nisbatda) hamyon puli bilan birga qaytarilgan. Ta'kidlanişiça, hamyon içidagi naqd pullar qançalik köp bölsa, uni egasiga qaytariş ehtimoli ham şunçalik oşgan. Agar pul hamyonlarni 46 foiz holatda qaytarişgan bölsa, unça köp bölmagan va köp miqdordagi naqd pullar bölgan hamyonlar tegişli ravişda 61 va 72 foiz hollarda egasiga qaytarilgan. 

Qayd etilişiça, topilma egasiga Şveytsariya, Norvegiya va Daniya (70-85 foiz) kişilar aloqaga çiqişgan. Eng kam natija Xitoy, Peru va Qozoğistonda kuzatilgan. Rossiyaning bu boradagi körsatkiçi 55 foizdir. 

Mutaxassislar bu holatni quyidagiça izohlaşdi: pul töla hamyonni özlaştirgan odamlar özlarini öğri deb hisoblaşlari bois, böş hamyonni çöntakka urganlarga qaraganda ruhiy noqulaylikni köproq his qilişadi. Bu fikrni tajriba ötkazilgan mamlakatlarda böş hamyonni özlaştiriş uçun jazo belgilanmagani ham bilvosita tasdiqlaydi. Qaytarilgan buyum uçun esa, hamyon içidagi mablağdan bir neça barobar kam mukofot puli belgilangan. Bundan taşqari, olimlarning taxminiy fikrlarini Polşa, Buyuk Britaniya va AQŞda 2,5 ming kişi orasida ötkazilgan ijtimoiy sörov natijasi ham isbotlaydi. Ularning aksariyati, pulli hamyonni egasiga qaytarmasa, özlarini yolğonçi his qilişlarini ta'kidlaşgan. Biroq, böş hamyon bilan boğliq holatda vijdon bilan kelişib ketiş osonroq keçgan. 

Şuningdek, odamlar, ularni atrofdagilar kuzatib turganini his qilişsa, insofliroq harakat qilişga urinişi oydinlaşgan. Britaniyalik olimlarning aniqlaşiça, inson qiyofalari tasvirlangan reklama bannerlari oldida ham kamroq öğrilik yoki özganing mulkini özlaştiriş jinoyatlari kamroq sodir etiladi.