Yozning jazirama kunlarida barça konditsioner bilan jon saqlayapti. Oftobning tafti ayniqsa, asfalt yöllarida juda yaxşi bilinadi. Yölovçilariga qulaylik yaratiş uçun şahar köçalarida yangi rusumdagi avtobuslarga konditsioner örnatilgan. Yölovçi taşuvçi avtobusning ba'zilari bu qulaylikka ega böla turib, nima sababdan konditsionerni işlatmayotgani jamoatçilikni qiziqtirmoqda.

Bu yilgi yoz nisbatan jaziramali böldi. Toşkentdagi bir neçta örta siğimli Saz Le 60va MAN rusumli avtobuslarga esa konditsioner örnatilgan.

«Bugungi kunda 1300dan ziyod avtobus bölib ulardan 1200tasi har kuni yurtimiz aholisi uçun xizmat qiladi. 2018 yilning oxiri va joriy yilning boşida 160ta yangi avtobuslar keltirildi. Ularning barçasi konditsioner bilan ta'minlangan. Hozirda konditsioneri bor avtobuslar 10 foizni taşkil etadi. Albatta, körsatkiç past natijani qayd etadi. Biroq bu yangi jarayonga ötişning — dastlabki bosqiçi. Keyingi yillar davomida körsatkiç ösib boradi. Konditsionerlarning ba'zilari işlamasligiga bir qança sabablar bor. 7-8 avtobuslarda texnik nosozlik qayd etildi. Bu muammoni bartaraf etilişi uçun işlab çiqaruvçi javob beradi. Yana bir sabab, yölovçilar örtasidagi tortişuvlar. Aksariyat keksa yölovçilar salomatligi tufayli konditsionerni işlatilmasligini söraydi. Bu yaqinda juda katta tortişuvga ham sabab böldi. Bizga berilgan reglamentga köra, havo harorati 30 gradusdan oşganda, haydovçi konditsionerni yoqişi şart. Yoqmaganida yölovçi işonç raqamlariga qönğiroq qilişi mumkin. Ötkazilgan tekşiruvlarga köra, ba'zi haydovçilar yoqilğini tejaş maqsadida ham, havo sovituvçi moslamani yoqmagani ma'lum böldi. Lekin muammo bartaraf etilib, ularga alohida qöşimça yoqilği berilişi yölga qöyildi», — deydi «Toşşahartransxizmat» axborot xizmati boşliği Ravşan Yoqubjonov.

Yölovçilar örtasida ba'zi tuşunmovçiliklar mavjud. Masalan, yangi rusumdagi körinişga ega bölgan avtobuslarning barçasida ham konditsionerlar mavjud emas. Avtobuslar ikki bosqiçda keltirilgan. 2017 yil keltirilgan MAN rusumli avtobuslarda konditsionerlar yöq. Ikkinçi bosqiçda keltirilgan avtobuslarning barçasiga örnatilgan. Bundan keyin keltiriladigan avtobuslarda ham böladi.

Suratda birinçi turgan MAN rusumli avtobus va u konditsioner bilan jihozlanmagan. Ikkinçi bölib turgan avtobus esa, 2019 yil boşida keltirilgan konditsioner bilan jihozlangan avtobus.