Özbekistonning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, 2019 yilning 26 iyul kuni Çelyabinsk şahrida Özbekiston fuqarosi B.R.ni yölni kesib ötayotganida yuk avtomaşinasi urib ketdi va u voqea joyida vafot etdi.

TIV xabarida aytilişiça, Boş konsulxonasi vaziyatni nazoratga oldi va Özbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasi hamda Çelyabinsk şahridagi özbek diasporasi bilan birgalikda marhumning jasadini vatanga jönatiş bilan boğliq taşkiliy va boşqa masalalarni hal qilyapti.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan oblasti, Sverdlovsk oblasti, Tyumen oblasti, Çelyabinsk oblasti, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda mamlakatning Yekaterinburg şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.