Eron tomonidan uçirilgan ballistik raketa mudofaa tusiga ega va boşqa davlatlarga qarşi yönaltirilmagan. Bu haqda harbiy manbaga tayanib Fars agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lum qilişiça, ballistik raketa uçirişdan maqsad xorij davlatlarining Eron suverenitetiga ehtimoliy tahdidlariga qarşi javob qaytarişni sinovdan ötkazişdir. Eron Islom Respublikasi öz mudofaa qobiliyatini oşiriş uçun dunyodagi heç bir davlatdan ruxsat söraşi şart emas, degan manba.
Avvalroq Fox News telekanali Eron 25 iyul kuni tunda örta masofaga möljallangan ballistik raketa sinovini ötkazganini xabar qilgandi. Telekanalning bildirişiça, "Şahob-3" raketasi Eronning janubiy qismidan uçirilgan va şimol tomon 960 km masofani bosib ötib, Tehrondan uzoq bölmagan sahroga qulagan.












