Bugun, 28 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Davlat test markazi direktori Majid Karimov iştirokida jurnalistlar uçun brifing ötkazildi.

Bu yildan avvalgi yillarda ham hujjat topşirgan abituriyentlardan hujjat qabul qilişda EKIHning yarim baravari (101 ming 365 söm) miqdorida tölov undirilgan.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, şunday tölovlar orqali jami 53 milliard sömga yaqin mablağ töplangan. Test sinovlarida yaratilayotgan şaroitlar ana şu mablağ hisobidan amalga oşiriladi. Faqatgina ijodiy imtihon topşiradigan abituriyentlarning 10 mingdan ziyodi notöğri tölovni amalga oşirişgan. Ularning barçasiga mablağlari muammosiz qaytarib beriladi.

Davlat test markazi mas'ullarining aytişiça, markaz tomonidan test jarayonlariga tayyorgarlik işlari noyabr oyidan boşlanadi. Test savollarini şakllantiriş uçun Oliy va örta maxsus ta'limi vazirligi, Xalq ta'limi vazirliklari, Fanlar akademiyasining tajribali pedagoglari jalb etiladi. Mutaxassislar soni 144 nafardan 160 nafargaçani qamrab oladi. Bundan taşqari, Angliya, Rossiya Federatsiyadan çuqur bilimli testologlar ham taklif etilib, yilda ikki, uç marta bir haftalik treninglar ötkaziladi. Kelgusida Özbekiston Milliy universiteti yoxud Toşkent davlat pedagogika universitetida testolog kadrlar tayyorlovçi yönaliş oçiş rejalaştirilgan.