Muxolifatçi Aleksey Navalniy hibsxonadan 64-kasalxonaga olib ketildi. Unga «ötkir allergik reaksiya» taşxisi qöyilgan, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Kira Yarmiş Twitter sahifasida.

Uning yozişiça, Navalniyga tez yordamni hibsxona xodimlari çaqirgan. Hozirda unga kerakli tibbiy yordam körsatilmoqda.

Yarmişning qöşimça qilişiça, muxolifatçining yuzi şişib, terisi qizarib ketgan, allergiya sababi aniqlanmagan.

24 iyulda Aleksey Navalniy kelişilmagan ommaviy tadbirda iştirok etişga çaqirişda aybdor deb topilib, unga 30 kunlik hibsga oliniş körinişida ma'muriy jazo tayinlangandi.

Navalniy Rossiya ma'muriy qoidabuzarliklar töğrisidagi kodeksning “Yiğiliş, namoyiş, miting, yuriş yoki piket qilişni taşkillaştirişning belgilangan tartib-qoidalarini takroran buziş” moddasi böyiça aybdor deb topilgan.

Bayonnomaga köra, muxolifatçi 20 iyuldagi ruxsat berilmagan mitingda fuqarolarni 27 iyulda Moskva şahri dumasiga saylovlarga mustaqil nomzodlarning qöyilişi uçun ötkaziladigan aksiyada iştirok etişga çorlagan.