Olimlar qaysi kasb inson boşmiyasi tuzilişiga qanday ta'sir körsatişini aniqlaşdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Tadqiqotçilarga köra, har kuni öxşaş vazifalarni bajariş miyaning bir hududini kengaytirsa, boşqasini siqib qöyadi.
Şunga binoan, ekspertlar ayrim kasblarning inson miyasiga ta'sirini örganişdi. Masalan, 2013 yili olimlar mikrogravitatsiya fazogirlar miyasining tuzilişiga ta'sirini aniqlaşgan. Aniqlanişiça, kosmonavtlar miyasining kulrang moddasi hajmi 3 foizga kamaygan, oq modda tarkibi ham ozaygan.
Bundan taşqari, olimlar taksiçilarning miyasini ham örganişgan va u kamroq ekstremal turdagi işlarda ham özgaruvçan ekaniga oydinlik kiritişgan.
Tadqiqotçilarning taksiçilar gippokampi, ya'ni miyaning qisqa muddatli xotiraning uzoqmuddatli aylanişiga mas'ul qismi atrof-muhitga doir axborotni boşqa insonlarnikiga qaraganda köproq qayta işlaydi. Taksiçilar yuzlab yönalişlarni yodlab qolişi zarur bölgani bois, ularning kulrang moddasi hajmi kengayadi. Biroq, ular navigatordan foydalana boşlasa, kulrang modda hajmi, aksinça, kamayadi.
Olimlarning yana bir kaşfiyotiga muvofiq, miyaning ayrim hududlari professional şaxmatçilarda kiçrayadi. Ya'ni bir-biriga nisbatan turgan obektlarni tasavvur qilişda iştirok etuvçi kulrang modda hajmi ozayadi.












