Özbekiston Respublikasi prezidenti Qurol töğrisidagi Qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qonunga köra, qurolning quyidagi turlari farqlandi:
fuqaroviy qurol;
xizmat quroli;
jangovar qurol.
Fuqaroviy qurol jumlasiga ov, sport va özini özi himoya qiliş qurollari kiradi.
Quyidagilar özini özi himoya qiliş quroli hisoblanadi:
gazli qurol – közdan yoş oqizadigan yoki açiştiradigan moddalar bilan töldirilgan gazli ballonçalar, mexanik purkagiçlar, aerozolli qurilmalar va boşqa qurilmalar;
elektroşok qurilmalari, uçqun çiqargiçlar va şikast yetkazuvçi ta'siri elektr energiyasidan foydalanişga asoslangan boşqa qurilmalar.
Jamoat joylarida, şahar, şahar atrofiga qatnovçi, şaharlararo va xalqaro transportda qurolni oçiq holda (ğilofsiz) olib yuriş taqiqlanadi.
18 yoşga tölgan fuqarolar fuqaroviy sport qurolini va özini özi himoya qiliş qurolini, 21 yoşga tölgan fuqarolar fuqaroviy ov qurolini oliş huquqiga ega.
Milliy gvardiya organlari tomonidan beriladigan 3 oylik ruxsatnomalar asosida fuqaroviy va xizmat quroli olinişi mumkin.
Fuqaroviy va xizmat qurolini olişga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning öq-dorilarini olib yuriş va qöllaş huquqini bermaydi.
Qurolni olişga doir ruxsatnoma qurolni hamda uning öq-dorilarini olib yuriş va qöllaş huquqini bermaydi.
Ruxsatnoma oliş uçun fuqarolar doimiy yaşaş joyi böyiça Milliy gvardiya organiga quyidagilarni taqdim etişi şart:
ariza;
şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport);
quroldan xavfsiz foydalaniş qoidalariga oid bilimi tekşiruvdan ötkazilganligi töğrisidagi hujjatlar;
qurolga egalik qilişga qarşi körsatmalar mavjud emasligi töğrisidagi tibbiy xulosa;












