Vazirlar Mahkamasining “Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqçi sel suv omborini quriş” loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda qayd etilişiça, boş loyiha taşkiloti “Özsuvloyiha” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 16,8 mln kub m. hajmdagi sel suv ombori qurilişi nazarda tutilgan “Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqçi sel suv omborini quriş” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi işlab çiqilgan.

Qaror bilan “Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida Ayoqçi sel suv omborini quriş” loyihasining texnik-iqtisodiy hisobi asosiy texnik-iqtisodiy körsatkiçlari bilan tasdiqlandi.

Loyihani amalga oşiriş böyiça:

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligining “Qaşqadaryosuvqurilişinvest” davlat unitar korxonasi buyurtmaçi etib belgilandi;

boş pudrat taşkiloti belgilangan tartibda tender savdosi asosida aniqlanadi;

qurilişni yakunlaş muddati 2023 yil 1 sentabr etib belgilandi.

Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi boş loyiha taşkiloti “Özsuvloyiha” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda 2019 yilning 1 dekabriga qadar qaror tasdiqlangan texnik-iqtisodiy hisobga muvofiq işçi hujjatlar sifatli işlab çiqilişini hamda vakolatli ekspertiza organlaridan belgilangan tartibda ekspertiza xulosalari olinişini ta'minlaydi.

Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi talab etiladigan kapital qöyilmalarni:

joriy yilda Özbekiston Respublikasining 2019 yilga möljallangan Investitsiya dasturi doirasida közda tutilgan mablağlar hisobidan;

2020 - 2023 yillar davomida asosiy körsatkiçlarni har yili aniqlaştirib, Özbekiston Respublikasining kelgusi yillar uçun Investitsiya dasturlari parametrlarini şakllantiriş jarayonida inobatga olinişini ta'minlaydilar.

Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi loyiha doirasida amalga oşiriladigan quriliş-montaj işlari sifati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat örnatadi.

Belgilab qöyilişiça, Özbekiston Respublikasi suv xöjaligi vaziri Ş.R. Hamroyev hamda Qaşqadaryo viloyati hokimi Z.Ş. Röziyev loyihani amalga oşiriş uçun Davlat budjetidan ajratiladigan mablağlardan maqsadli va oqilona foydalanilişi hamda barça zarur şart-şaroitlar yaratilişi, şuningdek, loyihaning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi uçun şaxsan javobgardir.