Bugun, 30 iyul kuni Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, Davlat-xususiy şerikligi doirasida Quyoş energetikasi sohasida ham qator loyihalar möljallangan.

Xalqaro moliya korporatsiyasi kömagida Navoiy viloyatida pilot 100 MVt quvvatga ega quyoş fotoelektr stansiyasini quriş loyihasi tenderi yakunlaniş arafasida.

Osiyo taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi kömagida DXŞ asosida quriladigan quyoş fotoelektr stansiyalar quvvatini 2000 MVtga yetkaziş va 2030 yilga borib uni umumiy quvvati 5000 MVtga yetkaziş rejalaştirilgan.

Muxbirimizning “quyoş fotoelektr stansiyasini quriş loyihasiga kimlar qiziqiş bildirmoqda va bu loyihaga qaçon kirişiladi?” degan savoliga javoban agentlik direktori Ğolib Xoljigitov:

– Navoiy viloyatida işga tuşirilişi rejalaştirilayotgan bu loyihaga dastlab 40dan ortiq kompaniyalar qiziqiş bildirgan edilar. Hozirgi kunga kelib tanlov asosida ularning 10tasi saralab olindi. Ularning nomlarini hozirça ayta olmayman, çunki tender tugagani yöq. Ammo aytişim mumkinki ular orasida dunyo miqyosida obröli hisoblangan Fransiya, Italiya kompaniyalar bor. Tender joriy yil oktabr oyida yakuniga yetadi va şundan keyin hukumat tasdiqlagan reja böyiça iş boşlanadi, – deya javob berdi.