Xitoy qayta tiklanuvçi energiya sohasidagi pozitsiyasini mustahkamlab, quvvati 1 gigavattga yetadigan dunyodagi eng katta dengiz quyoş stansiyasini işga tuşirdi.

Loyiha Şandun porvinsiyasidagi Dunin şahri sohilida joylaştirilgan bölib, u mamlakatning qazilma yonilğilarga boğliqligini qisqartiriş va issiqxona gazlari çiqişini kamaytirişga xizmat qiladi.

Quyoş fermasi 1223 gektar maydonni egallagan va 2934 ta fotoelektr platformadan iborat — ular qoziqli temir konstruksiyalarga ilğor texnologiyalar yordamida joylaştirilgan. Platformalarning har birini ölçami 60 x 35 metr bölib, bu ularni nafaqat mustahkam, balki oçiq dengizda foydalaniş uçun ham samarali qiladi.

Loyihada, şuningdek, dunyoda birinçi bölib 66 kilovatt kuçlanişli dengiz va quruqlikdagi elektr uzatiş tarmoqlaridan foydalangan. Bunday usul ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiribgina qolmay, balki elektr energiya işlab çiqariş xarajatlarini qisqartiradi ham.

Quyoş stansiyasi töliq foydalanişga topşirilgaç, har yili 1,78 milliard kilovatt-soat elektr energiya işlab çiqariladi. Bu 2,67 millionga yaqin uy xöjaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlaşga yetadi.

Toza energiyaga ötiş mamlakatga har yili 503 ming tonna şartli yonilğini tejaş va 1,34 million tonna karbonat angidrid gazi çiqarilişini qisqartirişga yordam beradi.