Qayd etilişiça, Energetika vazirligi va “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mustaqil quyoş energiyasini işlab çiqaruvçilar (investorlar) uçun 3ta quyoş fotoelektr stansiyasini quriş loyihalariga investor tanlov-tenderining birinçi bosqiçi bölgan talablarga muvofiqlik sörovnoma jarayoni boşlanganini e'lon qildi.
Tender Xalqaro moliya korporatsiyasi kömagida Energetika vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi tomonidan amalga oşirilmoqda.
Loyihada Namangan (150 MVt), Buxoro (250 MVt) va Xorazm (100 MVt) viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt gaça bölgan uçta quyoş fotoelektr stansiyasini quriş nazarda tutilgan.
Tenderda ğolib kelgan investor quyoş fotoelektr stansiyasini loyihalaştirişi, moliyalaştirişi, 25 yil davomida işlatişi va texnik xizmat körsatişi kutilmoqda. Buxoro viloyatidagi loyiha uçun elektr energiyasini saqlaş batareyalarini quriş va işlatiş uçun narxlar sörovi ham ötkaziladi.












