Rossiya davlat statistika federal xizmati mamlakatda qaşşoqlik darajasi ortganini qayd etdi. Yaşaş minimumidan kam daromad köruvçi rossiyaliklar soni 20,9 mln kişiga yetdi. Bu aholining 14,3 foizi demakdir, deb yozmoqda Gazeta.ru.
Ammo, Rossiya prezidentining may oyida imzolagan farmoni bilan 2024 yilga kelib qaşşoqlar soni ikki baravarga qisqarişi kerak. Ta'kidlanişiça, qaşşoqlar sonining ortişiga yaşaş minimumi miqdori oşirilgani sabab bölgan. Biroq, ayrim ekspertlar yaqin orada Rossiyada qaşşoqlikka barham beriş muşkul vazifa ekanini ta'kidlaşmoqda.
Qayd etilişiça, ötgan yili aholining 13,9 foizi qaşşoqlar sinfiga kirgan. Biroq, yaqinda Mehnat vazirligi buyruği bilan yaşaş minimumi miqdori oşirilib, jon boşiga 10 ming 753 rubl sifatida belgilangan.
Şu bilan birga, qaşşoqlar soniga doir aniq raqamlarni faqatgina yil oxiriga borib aytiş mumkin.











