Audi avtokonsernining sobiq rahbari Rupert Ştadlerga tovlamaçilik, sertifikatlarni soxtalaştiriş va reklamada yolğon ma'lumotlarni beriş ayblovi qöyildi. Bu haqda Myunxen prokuraturasi ma'lum qildi.

Ştadlerga şuningdek, Audi konserni dizel motorlari bilan boğliq dasturiy ta'minotni soxtalaştiriş fakti aniqlanganidan keyin ham "manipulyatsiya qilingan avtomobillar"ni sotişni davom ettiriş ayblovi qöyilmoqda.  

Aniqlanişiça, konsern rahbari bu firibgarlik haqida 2015 yil sentyabrida bilgan, ammo Audi va Volkswagen avtomobillarini sotişni davom ettirişga buyruq bergan yoki ularning sotilişiga tösqinlik qilmagan.  

Ştadlerdan taşqari, kompaniyaning yana uç nafar xodimiga ayblov e'lon qilingan. Ular noqonuniy dasturiy ta'minot örnatilgan elektron boşqaruv bloki bilan jihozlangan Audi, Volkswagen va Porsche avtomobillari uçun dizel dvigatellari işlab çiqariş bilan şuğullanişgan.  

Prokuratura ma'lumotlariga köra, bu dvigatellar 250 mingdan ortiq Audi, 72 mingta Volkswagen va 112 mingta Porsche avtomobillariga örnatilgan.

"Dizel mojarosi" 2015 yilda boşlangan bölib AQŞ hukumati Volkswagen konserni dizel dvigatellaridan ajralib çiqadigan zararli moddalar miqdori haqidagi ma'lumotlarni ataylabdan kamaytirib körsatganligini aniqlagandi.