Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda «uch taloq» deb ajrashgan erkak 3 yilgacha qamaladigan bo‘ldi
Faqatgina erkaklar tomonidan ajrashish imkoniyati 20dan ortiq Islom mamlakatlarida allaqachon noqonuniy deb tan olingan. Hindiston ham ayni masala yuzasidan yakuniy qaror qabul qildi va qonunshunoslarning 99 nafari «uch taloq» qoidasini bekor qilishga doir qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. 84 deputat rad etgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
Shu bilan, Hindiston siyosatchilari asrlar mobaynida musulmon aholi tomonidan qo‘llanib kelinayotgan bir jumla bilan ajrashish amaliyotiga noqonuniy deb e'lon qildi.
Bosh vazir Narendra Modi yetakchiligidagi hukumat yangi qonunni qo‘llab-quvvatlagan. O‘tgan safargi urinishda ko‘plab muxolifat partiyalar qarshiligiga uchragan qonun loyihasi ko‘pchilik tomonidan ma'qullanmagan edi.
Endilikda, ushbu amaliyot orqali rafiqasi bilan ajrashishga uringan erkak 3 yilgacha qamalishi va jarimaga tortilishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda, musulmon erkaklar rafiqalariga moliyaviy yordam berishlari, er-xotin o‘zaro kelishgan holda ajrashgan taqdirda, farzandlarini vasiylikka olishga majbur bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026