O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning grantini jalb qilgan holda 2016 yilda tashkil etilgan.

Markaz o‘tgan uch yil davomida jami 1124 nafar bitiruvchilarni chiqardi, ularning 95,3 foizining bandligi ta'minlandi. Samarqandddagi yirik korxonalar tomonidan bitiruvchilar ishga qabul qilingan, jumladan MAN-Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasiga — 69 nafar, Samarqand Avtomobil zavodiga — 24 nafar, UzAuto-Trailer korxonasiga — 16 nafar, SamFerry korxonasiga — 21 nafar bitiruvchilarning ishga joylashishi Markazning sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda olib borilayotgan ijobiy ishlaridan hisoblanadi.


Markazda quyidagi mutaxassisliklar:
- avtomobillarni ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (avtoslesarlar, motoristlar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar);
- payvandlash va chilangarlik ishlari (payvandchilar, chilangarlar va metallarga ishlov berish mutaxassislari);
- elektrotexnika va elektronika (elektrik, elektron va maishiy texnikani, radio va teleapparaturani ta'mirlash va ularga servis xizmati ko‘rsatish mutaxassislari);
- axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash);
- mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish (texnik-texnolog, keng profilli dastgohchi, sonli dasturli boshqarish stanoklari avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori);
- kompyuter grafikasi va multimediya tizimlari texnigi (kompyuter grafikasi dizayneri, multimediya tizimlari texnigi) bo‘yicha kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash amalga oshiriladi.
Mashinasozlik texnologiyasi, kompyuter grafikasi kasblari bo‘yicha o‘qitish KOICAning RRR loyihasi asosida Koreyaning Keimyung College University bilan hamkorlikda tashkil etilyapti va hozirda birinchi qabul o‘tkazilmoqda.





















