Karmana tumanida joylashgan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi daraxtlar qarovsizlikdan qurimoqda. Hududda 2015 yilda O‘zbekiston-Janubiy Koreya do‘stlik bog‘i ham barpo etilgandi.


2013-2016 yillarda Koreya Respublikasi xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning 2,5 mln dollar qiymatidagi grant mablag‘lari hisobidan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi atrofidagi 140 gektar maydonda ko‘kalamzorlashtirish loyihasi amalga oshirilgan. O‘sha paytda ushbu maydonda sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun esa davlat budjetidan qariyb 725 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan.
Bugungi kunga kelib mazkur bog‘ va yashil hudud mas’ullarning e’tiborsizligi tufayli qarovsiz holga kelib qolgan.




Do‘stlik bog‘idagi daraxtlarning ko‘pchiligi suvsizlikdan qurish arafasida. 725 ming dollarlik sug‘orish tizimi nega ishlamayotgani esa ma’lum emas.
“Hududning aniq bir egasi ham yo‘qqa o‘xshaydi: 2-3 yil oldin yaxshi qarashardi, mashinalarda yo‘l ustidagi daraxtlarga suv quyib turishardi. Hozir esa e’tiborsiz qolgan: na hokimlik, na iqtisodiy zona direksiyasi daraxtlarni parvarish qilmayapti.
To‘g‘ri, hududda suv muammosi bor, yer osti suvlari ham pasayib bormoqda. Cho‘l hududi bu yerlar. Ammo buni bila turib tuman hokimligi 3 yil oldin mana shu yerda “Kelajak” bog‘i ham barpo qildi. Hozir uyam yo‘qolib qolgan


















