Javobni 29.07.2019 yildagi «Qurol töğrisida»gi ÖRQ-550-son Qonundan topişga urinib köramiz, deb yozadi Oleg Zamanov Norma naşrida.

Hujjat endigina qabul qilinib, yarim yildan keyin kuçga kirişiga qaramay, yetarliça şov-şuvga sabab böldi. Bahs-munozaralar qonun loyihasi jamoat muhokamasida bölgan paytdayoq boşlangan edi, hujjat Senatda ma'qullanganligi ma'lum bölgaç munozaralar yana qizğin tus oldi. Ayrim naşrlarda bu yangilik, aynan «Özbekistonda qurol qonuniylaştiriladi» deb tuşuniladi. Aslida qanday? Hujjat yakuniy şaklga va mazmunga yetganligi bois bu masalani oydinlaştirişga harakat qilamiz.

Avvalo, Qonunda keltirilgan qurol va uning tasnifi tuşunçalariga töxtalamiz. Qurol – tuzilişiga köra jonli nişonni yoki boşqa nişonni uriş, signallar beriş uçun möljallangan qurilmalar va aşyolar. Tuzilişi jihatidan qurolga öxşaş bölgan xöjalik-maişiy va işlab çiqariş maqsadidagi buyumlar sifatida sertifikatlangan buyumlar, şuningdek sport aslahalari qurol jumlasiga kirmaydi. 

Qurol tasnifi

Fuqaroviy

Ov quroli

soyli stvolli öqotar qurol

silliq stvolli öqotar qurol, şu jumladan soyli qismining uzunligi 140 mm dan oşmaydi

kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) öqotar qurol, şu jumladan almaştiriladigan va joylaştiriladigan soyli stvolli öqotar qurol

oğiz qismidagi quvvat 7,5 jouldan yuqori va kalibri 4,5 mm dan ortiq bölgan pnevmatik qurol

tiğli sovuq qurol: ov piçoqlari, ov xanjarçalari va xanjarlar

signal beruvçi qurol