Andijon davlat universiteti xodimi uç kişini öqişga kiritib qöyiş uçun jami 12 ming dollar miqdoridagi pulni olayotganida qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Andijon davlat universitetining arxiv mudiri G.M. fuqaro Z.N.ga uning özini hamda tanişlari D.M. va M.Yu.ni mazkur universitetning «Tasviriy san'at» yönalişi böyiça «sirtqi» bölimiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilgan. Buning evaziga u har bir kişi uçun 4 ming AQŞ dollaridan talab qilib, jami 12 ming AQŞ dollarini öz xizmat xonasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan G.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
«Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi kabi turli noqonuniy yöllar bilan öqişga kiritişga va'da berib, tamagirlik qilayotgan fuqarolar yoki mansabdor şaxslarga duç kelsangiz, Boş prokuraturaning qisqa raqamli 10-07 yoki Departamentning 71-233-10-07 raqamli tunu-kun işlovçi işonç telefonlariga murojaat etişingizni söraymiz!», - deyiladi xabar sönggida.
Bundan avvalroq Toşkent tibbiyot akademiyasiga öqişga kiritib qöyiş uçun 25 000 dollar olgan şifokor qölga olingani xabar qilingandi.











