Eron hukumati milliy valuta – rialdan 4ta nolni olib taşlaşni rejalaştirmoqda. Bu mamlakatdagi yuqori inflatsiyaga qarşi çora sifatida ma'qullandi. Bu haqda Eron hukumati matbuot kotibi Ali Rabiiy ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda DW.
Eron markaziy banki öz rejasini yanvar oyi boşida taqdim etgandi.
EIR Donald Tramp Amerika ma'muriyati boşqaruviga kelgaç, Vaşington tomonidan joriy qilingan iqtisodiy jazo çoralari bois, valuta inqirozini boşdan keçirmoqda.
Eron pul birligi rialning 1 dollarga nisbatan qadri 2015 yilgi 32 ming rialdan, sanksiyalar joriy qilingaç, bugungi kundagi 120,000 rialgaça kötarilib ketdi.
Bu öz navbatida pul qadrsizlanişiga olib keldi. Mamlakatdagi narx-navo, şu jumladan oziq-ovqat va dori-darmonlar qimmatlaşdi. Aksar fuqarolar dökonlarda u-bu xarid qilişga 1 mln rialdan köp sarflamoqda, deyiladi xabarda.












