Aksiyadorlik-tijorat “Qişloq quriliş bank” özining 25 yilligini nişonlamoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 20 iyundagi qaroriga asosan, 1994 yil 2 avgustdan “Fallabank” faoliyat yurita boşladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi qarori asosida “Ğallabank” negizida “Qişloq quriliş bank” taşkil etildi. Mazkur sanalar bank faoliyatida yorqin iz qoldirgan tarixiy voqelik hisoblanadi.
Ötgan yillar davomida bank mijozlarga xizmat körsatiş, qişloq qurilişini kreditlaş, tadbirkorlik sub'yektlari loyihalarini qöllab-quvvatlaş, investitsion loyihalarni moliyalaştiriş, aholi tadbirkorligini rivojlantiriş borasida sezilarli tajriba töpladi. Yildan yilga bank tomonidan körsatilayotgan xizmatlar kölami, mijozlar bazasi va infratuzilmalar tarmoği kengayib bordi.

Bank 25 yil avval öz faoliyatini 8 nafar xodim va 10 ta mijozga xizmat körsatiş bilan boşlagan bölsa, bugungi kunga kelib bank tizimida 3 000 dan ziyod xodim iş yuritmoqda va 807 mingdan ziyod mijozlarga xizmat körsatilmoqda. Bankning dastlabki ustav sarmoyasi 8 million sömdan iborat bölgan bölsa, uşbu körsatkiç bugunga kelib 1 trillion 481 milliard sömdan ortdi.
Bugungi kunda “Qişloq quriliş bank”ning sof aktivlari 10 trillion 996 milliard sömni va jami kapitali 1 trillion 310 milliard sömni taşkil qilmoqda.
Bank 42 ta filial, 38 ta minibank, 41 ta jamğarma va 52 ta valuta ayirboşlaş hamda 44 ta xalqaro pul ötkazmalari şoxobçalari orqali respublika hududlarida aholiga zamonaviy xizmatlarni körsatmoqda.

“Qişloq quriliş bank” ötgan yillar davomida qişloq joylarda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar quriş böyiça Davlat Dasturlarining faol iştirokçisi bölib kelmoqda. 2009-2019 yillarda respublikamizda 123 mingdan ortiq namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilişi böyiça iş olib borildi. Uşbu uy-joylarning 80 mingdan ortiq qismi bevosita mazkur bank tomonidan moliyalaştirildi. Şu davrda quriliş işlari uçun 15,41 trln. sömdan ortiq mablağ yönaltirildi. Bu borada mazkur bank tomonidan moliyalaştirilgan uy-joylar uçun 3,23 trln. söm aholining mablağlari, 6,34 trln. söm bankning mablağlari sarflandi.













