Tailand poytaxti Bangkokning markaziy tumanlarida 7 ta portlaş sodir böldi. Bu haqda Nation TV xabar berdi. 

Birinçi uçta portlaş Pratu Nam tumanida soat 5.00dan keyin 5-7 daqiqa farq bilan yangragan. Birinçi portlaş Pxetçaburi köçasida, qolgan ikkita portlaş 300 metr nariroqdagi Indra Regent Hotel mehmonxonasining birinçi qavatida sodir bölgan.

Birinçi portlaş oqibatida munitsipal xizmatlarning köça tozalayotgan ikki xodimi jabr körgan: portlovçi modda tökilgan yaproqlar orasida yaşirilgan bölgan. Ular yengil jarohatlar olgan.

Ta'kidlaş joiz, Pratu Nam tumani joriy haftada Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga (ASeAN) a'zo davlatlar vazirlari uçraşuvi ötayotgan Centara Grand mehmonxonasi kongress-markazi yaqinida joylaşgan.

Yana ikkita portlaş soat 8.00 atrofida yer usti metrosining “Çongnonsi” stansiyasi yaqinida yangragan. Bu tumanda bir neçta bank va bir qator elçixonalar ofislari joylaşgan bölib, portlaşlar oqibatida heç kim jabrlanmagan.

Soat 9.30larda qirol Rama Töqqizinçi nomidagi köçada, hukumat binolari majmuasi yaqinida yana ikkita portlaş yangragan. Bu portlaşlarda biror kim jabrlangani hozirça noma'lum.

Politsiya şahar aholisi va mehmonlarga ehtiyotkor böliş va şubhali buyumlar haqida xabar beriş çaqiriği bilan murojaat qilgan.