Uşbu oyda diqqatimizni suriluvçi selfi modulli Honor 9X, keskin kamerali Nova 5i Pro va öyin uçun möljallangan kuçli ROG Phone II smartfonlari jalb qildi.
Honor 9X
Huawei kompaniyasi Honor turkumiga oid ikki smartfon anonsini ötkazdi: Honor 9X va uning Pro-versiyasi. Ularning har ikkisi Kirin 810 kuçli protsessori, suriluvçi kamerali ramkasiz ekran bilan ta'minlangan.
Har ikki qurilmada ham 2340×1080 piksel yeçimli 6,59-dyuym displey mavjud bölib, yuqori çap çetda joylaşgan maxsus model 16 megapiksel sezuvçanlikka ega selfi kamerani özida saqlaydi. Asosiy kameralar gadjetning alohida uslubdagi X harfi bilan bezatilgan orqa qismidan örin olgan. Boş sensor kiçik va katta modelda ham bir xilda 48 megapikselli bölib, qöşimça 2 megapikselli kamera bilan birga işlaydi. Pro-versiyada esa yana bir keng burçakli 8 Mp optika ham mavjud.
Barmoq izi skaneri ekran ostiga yaşirinmagan — uni smartfonning yon çetiga örnatişdi. 9X'da quloqçinlar uçun 3,5-millimetr hajmdagi tirqişni uçratamiz, akkumulyator — 4 000 mA/s.
Xotira: 4 GB yoki 6 GB (kiçik modelda) / 8 GB (Pröda) tezkor; 64 GB yoki 128 GB (kiçik modelda) / 128 GB yoki 256 GB (Pro) doimiy; microSD bilan kengaytiriş mumkin.
Akkumulyator: 4 000 mA/s.
Operatsion tizim: Android 9 Pie (EMUI 9.1.1).
Honor 9X qizil, kök va qora ranglarda çiqadi. 4 GB operativ va 64 GB içki xotirali variant 203 AQŞ dollari narxida, 6/64 GB va 6/128 GB versiyalari mos ravişda 232 va 276 dollar etib belgilangan.
Honor 9X Pro faqatgina ikki xil rangda taqdim etilmoqda: binafşarang va qora. 8/128 GB va 8/256 GB variantlari mos ravişda 320 va 349 AQŞ dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
Xiaomi Qin 2
Hozirgi kundagi smartfonlar bozoriga nazar taşlaymiz — 6 dyuym va undan katta hajmdagi bir-biriga öxşaş besönaqay modellar. Nafaqat ularni qölda tutiş, şuningdek hamyonga joylaş ham juda noqulay. Xiaomi insonlar haqida qayğurgan holda Qin 2 modelini yaratdi — katta bölmagan va bağoyat oddiy uskuna.
Smartfon displeyi diagonali 22,5:9, yon taraflar bilan birgalikda 5,05 dyuym qilib işlangani uçun ham uni qölda tutiş juda qulay. Ekran ölçami — 1 440×576 piksel. Içki qurilmalar — Spreadtrum SC9832E protsessori, 1 GB operativ va 32 GB doimiy xotira. Asosiy kamera bitta, 5 Mp, frontal kamera işlab çiqilmagan — selfi işqibozlari, uşbu devays aniq siz uçun emas. Qiziqarli, lekin smartfon uy texnikasini boşqariş uçun IK-portga ega. Uskuna Android Göda işlaydi.
Texnik tavsifi
Displey: 5,05 dyuym, 1 440×576 piksel.
Protsessor: Spreadtrum SC9832E.
Kamera: asosiy 5 Mp, frontal kamera mavjud emas.
Xotira: 1 GB/32 GB
Akkumulyator: 2 100 mA/s.
Operatsion tizim: Android Go
Smartfon atigi 499 yuan bahosida, ya'ni taxminan 75 AQŞ dollariga teng.
Xiaomi Mi A3
Xiaomi taqdim etgan haqiqiy Android versiyali yangi smartfon. U yangi avlod Xiaomi CC9e uskunalariga juda öxşab ketadi. Gadjet tomçisimon kesimga ega 6-dyuymli AMOLED-ekran bilan ta'minlangan. Displey ostida barmoq izi skaneri joylaştirilgan. Töğri, Mi A3'ning imkoniyatlari özining katta avlodi Mi A2'ga nisbatan oddiyroq — 1 520×720 piksel ( Mi A3'da 2160×1080).
Ekranning tomçisimon kesimida 32 Mp selfi-kamerani uçratamiz. Asosiy kamera sezuvçanligi 48 Mp (f/1.79), 8 Mp (keng burçakli optika) va 2 Mp (çuqur keskin köriş).
Smartfonning içki qurilmalari örtaça: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 665 protsessori va Adreno 610 grafik tezlaştiruvçi, 4 GB operativ va 64 yoki 128 GB içki xotira. Qöşimça microSD karta uçun slot ham mavjud. Akkumulyator siğimi 4 030 mA/s. E'tiborlisi, Mi A3 standart tipdagi audio-tirqişga ega.
Texnik tavsifi
Displey: 6 dyuym, 1 520×720 piksel.
Protsessor: sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 665.
Kamera: asosiy 48+8+2 Mp va 32 Mp frontal.
Xotira: 4 GB tezkor, doimiy siğim 64/128 GB.
Akkumulyator: 4 030 mA/s.
Tizim: Android 9.0 Pie.
Xiaomi Mi A3 kök, oq va kulrang ranglarda mavjud. 64 GB'li versiyaning narxi 249 yevroni taşkil etmoqda. 128 GB varianti esa 279 yevro.
Nova 5i Pro
Huawei kompaniyasining yaqindagina anonsi bölib ötgan yangi Nova 5i Pro smartfoni körinişidan Nova 5i'ning yaxşilangan versiyasidir. Gadjet kuçliroq protsessor, simsiz zaryadlaş tizimi va asosiy kameraning yangi dizayniga ega qilib işlangan.
Nova 5i Pro displeyi 6,26 dyuym diagonalda 2 340 × 1 080 piksel imkoniyatdan taşqari közni kök nurdan asrovçi maxsus qoplama bilan ham ta'minlangan. Uning çap tomonida 32 Mp selfi kamerasining dumaloq kesimi bor. Kvadrat ramka bilan hoşiyalangan asosiy kamera naq 4 moduldan taşkil topgan: 48 Mp boş, keng burçakli 8 Mp va makro tasvirga olişlar, şuningdek keskin köriş uçun möljallangan yana ikkita 2 Mp'li modul.
Nova 5i Pröning içki qismida Kirin 810 subflagman protsessori, 6 yoki 8 GB operativ va 128 yoki 256 GB doimiy xotira bölişi közda tutilgan. 4000 mA/s siğimli akkumulyator USB-C orqali va simsiz holatda tez quvvat oliş imkoni bor. Ikkinçi simkarta uçun möljallangan slotdan ehtiyoj tuğilganda microSD karta uçun joy sifatida foydalansa böladi.
Texnik tavsifi
Displey: 6,26 dyuym, 2340×1080 piksel.
Protsessor: sakkiz yadroli Kirin 810.
Kamera: asosiy 48+8+2+2 Mp va 32 Mp frontal.
Xotira: 6/8 GB tezkor, doimiy siğim 128/256 GB.
Akkumulyator: 4 000 mA/s.
Tizim: Android 9.0 Pie (EMUI 9.1).
Huawei Nova 5i'ning 6 GB operativ va 128 GB içki xotirali versiyasi Xitoy bozorida 2 199 yuanni (≈ 329 AQŞ dollari) taşkil qilmoqda. Savdolar 2 avgustda boşlanadi.
Lenovo Z6
Lenovöning uşbu uskunasi, kompaniyadagilar fikriga köra, Xiaomi'ning Redmi K20 yangiligi bilan raqobat qila olişi kutilmoqda. Smartfonning 6,39-dyuymli OLED-displeyi 2340×1080 piksel imkoniyatga ega bölib, uning ostki qismida barmoq izi skaneri ham joylaştirib işlangan. Ekranning ustki qismida esa 16 Mp selfi kamera uçun möljallangan tomçisimon tirqiş qoldirilgan. Displey frontal panelning 93,1 foiz maydonini qoplab olgani flagman bölmagan uskuna uçun yomon natija emas.
Orqa panelda 24 Mp Sony IMX576 boş sensor, ikki karra optik yaqinlaştiruvçi 2 Mp obektiv va beş megapikselli keskinlikni ölçaş kameralari mavjud.
Lenovo Z6'ning işçanligini yetarli darajada mustahkam bölgan Snapdragon 730 protsessori ta'minlab beradi. Xotira ham şunga yaraşa: 6/8 GB tezkor va 64/128 GB doimiy. Akkumulyator siğimi A/s, USB-C orqali tezkor quvvat olişni ta'minlaydi.
Asus tomonidan rasman taqdim etilgan ROG Phone'ning vorisi allaqaçon dunyoning eng kuçli öyin smartfoni deb nomlandi. 6,49 dyuymli OLED-displey örnatilgan Full HD ekran ostki qismida barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan. Ekran HDR'ni qöllab-quvvatlaydi va tezlik 120 Gs gaça özgartirilgan. ROG Phone II 24 megapikselli selfi kamerasiga ega, asosiy tasvir qurilmalari 48 va 13 megapikselli.
Uşbu smartfon Snapdragon 855 Plus çipsetli yangi potsessorga ega bölib, mobil öyinlar öynaşga yönaltirilgan. Uni Adreno 640 grafikasi va 8 yoki 12 GB tezkor xotira yanada töldiradi. Içki xotiraning hajmi konfiguratsiyaga qarab 128, 256 yoki 512 GB'ni taşkil qiladi.
Öyin aksessuarlarini smartfoningizga ulaşingiz mumkin. Bu qöşimça displey va 5000 mA/s batareyali dok-stansiya, telefondan televizorga tasvirlarni simsiz uzatiş uçun möljallangan qurilma, taşqi sovutgiç yoki Nintendo Switch'dagi kabi bir neçta yon boşqaruvçi bölişi mumkin.
Texnik tavsifi
Displey: 6,59 dyuym, 2 340×1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 855 Plus.
Kamera: asosiy 48+12 Mp va 24 Mp frontal.
Xotira: 8/12 GB tezkor, doimiy siğim 128/256/512 GB.
Akkumulyator: 6 000 mA/s.
Tizim: Android 9.0 Pie (ROG UI).
Uskuna bir neça körinişlarda çiqadi. 8/128 GB'li eng kiçik versiya 505 dollar bölsa, 12/512 GB variantining narxi taxminan 868 dollar etib belgilangan. Qöşimça jihozlar va tezkor quvvat oldiruvçi qurilmali eng yaxşi konfiguratsiya töplami Espors Armour esa 1900 dollar atrofida baholanmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi