Bugungi kunda yurtimizning turli nuqtalarida keng kölamdagi bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda. Sönggi kunlarda esa bu işlar avj pallasiga kirdi. Qaşqadaryoning Yakkaboği va Xorazmning Çondirqiyotida röy bergan şov-şuvli voqealardan keyin uylari va dökonlari buzilganlarga kompensatsiyalar tölanib, quriliş işlari jadallaşib ketdi. Hamma «özbek tilida paydo bölgan yangi söz» - «snos» haqida gapira boşladi, boş vazir, boş vazir örinbosari, vazirlar, deputatlar, jurnalistlar... Endi hammasi zör bölib ketadigandek taassurot uyğondi, qayerdadir «favqulodda vaziyat» ham joriy etildi, Farğonada esa ommaviy safarbarlik e'lon qilindi.
Balki, Farğona viloyatining Rişton tumani markaziy köçalarida amalga oşirilayotgan qayta quriş işlarining kölami kengroq va kattaroqdir, lekin vodiyda xuddi şunday «Obod markaz» loyihasi Namangan viloyatining Çust, Andijon viloyatining Marhamat va boşqa qator tumanlarda ham olib borilmoqda. Aytiş mumkinki, boşqa hududlardagi «snos» va kompensatsiya tölaş jarayoni, quriliş işlari aholi va tadbirkorlar uçun oğriqli keçmayapti.
Rişton xalqining tinçi buzilganiga ança bölgan. Bahordayoq saytimizda Rişton markazidagi bozor buzilişi tufayli savdogarlar muammolarga duç kela boşlagan, saytimizda ularning murojaati asosida «Riştonda nima gaplar?» Tuman markazidagi buziliş işlari haqida» sarlavhali material e'lon qilingan, unda tadbirkorlar ogohlantirişsiz buzilgan dökonlari uçun yer va kompensatsiya berilişini kutayotgani bayon qilingandi.
Iyun oyida ijtimoiy tarmoqda aldab uyi buzilgan riştonliklar prezidentdan yordam söragan videomurojaat tarqalgandi. Uşbu holat ham örganilib, «Yoqmasa, Qirğizistonga köçib ketinglar!»: Riştonda buzilayotgan uylar egalari nega öz holiga taşlab qöyildi?» sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Sönggi kunlarda esa Riştondagi vaziyat boşqa yönalişda rivojlanib ketdi, endi bu hududdagi aholiga yordam körsatila boşlandi, rahbarlar aholi bilan uçraşib, ularning dardini tinglaş uçun uyma-uy yura boşladi, internetni uşbu hududda boşlangan obodonlaştiriş işlari tasvirlari töldirdi, hammayoqni taqa-tuq ovoz qamrab oldi. Ammo bu işlar viloyatning boşqa hududlaridan minglab odamni şu tumanga taşlaş orqali keçmoqda. Internetda Rişton markazidagi quriliş-buziliş işlariga viloyatdagi köplab korxona, taşkilot, muassasa xodimlari majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mavzuga oid
ÖzA saytida naşr qilingan «Riştonda uyi buzilişga tuşgan har bir oilaga kömak berilmoqda» sarlavhali maqolada 27-28 iyul kunlarida Farğona viloyatining Rişton tumanidagi obodonlaştiriş va quriliş işlariga viloyatning barça şahar va tumanlaridan 13562 nafar haşarçi jalb qilingani töğrisida ma'lumot berildi.
Ma'lum bölişiça, bir neça kundan buyon har kuni viloyatning 11ta şahar-tumanidan Riştonga minglab haşarçilar jalb qilingan bölib, har bir tuman hokimi ştab tuzib özi boşçilik qilib, bu yerdagi haşarçilarga şaroit yaratiş, aholiga qurilişda yordam beriş işlariga boş-qoş bölmoqda.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Farğona viloyati hokimligidan bu xildagi tadbirlarni ommaviy mehnat deb atadi va majburiy mehnatni töxtatişni talab etdi.
Şundan söng hokimiyat vakillari özlariga qaraşli bölgan naşrlarda tanqidlarga nisbatan, «Odamlar haşarga köngilli ravişda kelişyapti. Heç kim majburiy mehnatga jalb etilayotgani yöq», deya javob qaytarişmoqda. Abror Dehqonov muallifligida «Qölingdan kelsa yordam ber, kelmasa....», Himmat Davlatyor muallifligida «Riştondan reportaj: Bölar-bölmasga majburiy mehnat deyaversak, mehr-oqibat tuyğularimizni boy berib qöyamiz», Muhammadjon Obidov muallifligida «Odamiylikmi, «majburiy mehnat»?», Azamat Ahmedov muallifligidagi «Haşar biz uçun qadriyatga aylangan» kabi materiallar şular jumlasidan.
Holat bilan tanişiş uçun Farğonada böldik.
Rişton
30 iyul kuni tuş payti Riştonda edik. Darhaqiqat, bugungi Rişton markazi katta quriliş maydoniga aylangan.
Qayta quriş işlari ketayotgan köçalarning ikki yoqasidagi uylar, noturar joylar buzilib bölgan. Ayni paytda quriliş işlariga zör berilmoqda. Ön kilometr yöl bosib, faqat ana şu jarayonni körasiz. Quriliş işlari ketayotgan xonadonlar işlayotgan odamlar bilan gavjum. Beton quyiş, devor uriş işlari ketayotgan uylarda guruh-guruh odamlar turnaqator bölib, ğişt va boşqa quriliş materiallarini qölma-qöl qilib uzatayotganini kuzatdik.
Farğona viloyatining turli tumanlaridan kelgan haşarçilar yöllarni kengaytiriş çiziğiga tuşgan uylarda, noturar joylarda quriliş işlari bilan band.
Ma'lumotlarga köra, yöl böyida ikki qavatli aholi turar joylari, uylarning birinçi qavatida tadbirkorlik, savdo va xizmat körsatiş majmualari qad rostlaydi.
Farğona, Raşidoniy köçalarida iş qizğin. Yuzlab haşarçilar qöli-qöliga tegmay mehnat qilişmoqda.
Farğona viloyatining boşqa tumanlari Riştonga kömak sifatida quriliş materiallari jönatmoqda. Quriliş ştablari taşkil etilgan. Har bir buzilişga tuşgan uyga tumanlardan mas'ul vakil ajratilgani haqida yorliqlar osib taşlangan.
Quriliş materiallari ortilgan maşinalar oldi tomoniga «Quvaliklardan riştonliklarga sovğa», «Loğonliklardan riştonliklarga sovğa» deya yozilganini körasiz.
Işlayotgan haşarçilar uçun tuşlikka doşqozonlarda pişirilgan taomlar tarqatilyapti. Jarayonni körib, ötgan asrda sovetlar zamonida uyuştirilgan haşarlar haqidagi xronikali kadrlar yodga tuşadi.
Yarim soatça tuman markazini aylandik. Söng, quriliş ştabiga borib hokimiyat vakili, ma'naviyat-ma'rifat boşqarmasi xodimasi Xursanoy opa Islamovaga uçradik.
«Bugun Riştonga Farğona viloyatining deyarli barça burçaklaridan haşarçilar kelib, tuman markazi zamonaviy va obod körinişga kelişi uçun mehnat qilişmoqda. Buzilgan uylar uçun xonadon egalariga kompensatsiya pullari tölanib, hokimiyat tomonidan sement, şağal, ğişt qöyingki, barça quriliş materiallari tarqatilib, qurib berilyapti. Quriliş işlari, xalqimizning qadimdan kelayotgan ezgu udumlardan biri bölgan - haşar yöli orqali amalga oşirilmoqda. Haşarçilar tumanlardan öz xohişlari bilan mana şu Rişton xalqiga kömak beriş uçun kelişgan. Ularga deyarli barça şaroitlarni yaratib berganmiz. Sentabr oyi Qöqon şahrida judayam katta festival bölib ötadi. Maqsadimiz, festival boşlangunga qadar Riştonni çiroyli holatga keltiriş va aholining uylarini bitirib beriş», deydi Xursanoy opa.
Şundan söng hokimiyat vakili bilan Farğona köçasida uyi «snos»ga tuşib yangitdan qurilayotgan Madinaxon Bozorovaning xonadoniga bordik. Biroz avvalroq internetda Farğona viloyati hokimi Şuhratbek Ğaniyev velosipedda tuman markazini aylanib, mana şu xonadon sohibasi bilan suhbatlaşgani haqida fotosuratlar tarqalgandi.
«Uyimiz qizil çiziqqa tuşgani uçun buzildi. Boşida tuşunmovçiliklar sabab ijtimoiy tarmoqlarda norozi bölib intervyular bergandim. Uyimizdagi xonalarning barçasi köça tarafda bölgani uçun «snos»dan söng yaşaşga xonamiz qolmagan edi. Uyimiz Quva tumani hokimligi tomonidan ön kun içida bitkazib beriladigan bölyapti. 10 million söm kompensatsiya puli berişdi. Qolganini ham tez kunlarda berişni va'da qilişgan. Uyimizning birinçi qavatini savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçasi qilamiz. Ikkinçi qavati esa yaşaş joyi böladi», deydi ayol.
Haşarçilar kimlar?
Yuqorida keltirganimizdek, Riştondagi qurilişlarga viloyatning köplab tumanlari, yirik korxona va taşkilotlari jalb qilingani körinib turibdi.
«Azot» AJ, «Farğona neftni qayta işlaş zavodi», «Vatanparvar» taşkiloti, «Hududiy gaz tarmoqlari» va yana köplab taşkilotlarning xizmat maşinalari va xodimlarini uçratdik. Yoşlar ittifoqi vakillari ham qurilişlarda astoydil mehnat qilişyapti.
Haşarçilar bilan suhbatlaşmoqçi bölsangiz, ularning aksari özlarining qayerda işlaşini aytişni xohlaşmaydi va obodonlaştiriş boşqarmasi xodimi ekanini aytadi. Qiziq, unda ular nega maxsus formada emas. Farğona viloyatida obodonlaştiriş boşqarmasining xodimlari şunça köpmi? Ular nega öz tumanidagi iş joyida emas.
Oltiariq köçasida işlayotgan ayollar özlarini «Bağdod don mahsulotlari» xodimlari sifatida taniştirişdi. Oltiariq hududiy yöl-quriş va ekspluatatsiya korxonasi xodimlari bilan ham quriliş ustida suhbatlaşdik.
Vodiyda şu kunlarda juda issiq havo hukm surmoqda. Kunduz soat 10dan, soat 17gaça işlaş tugul köçada yurişning özi qiyin. Bağdod tumanidan kelgan ayollar issiqda işlaş juda qiyin bölayotganini aytişdi.
Haşar xalqimizning qadimiy urf-odatlaridan hisoblanadi. Asrlar davomida ajdodlarimiz ezgu işlarni jam bölib, yiğilib, xolisona, heç qanday haq talab qilmasdan amalga oşirişgan. Mahallalarda uy qurişga uringan oila sinçni tiklab bölgaç, guvala urişga, tomga loy bosişga yoki köça devorini bir kunda tiklab oliş uçun mahallaga haşar e'lon qilgan va haşarlar bir bayramdek ötgan. Masjid, qabriston va ariqlarni tozalaş uçun ham haşar uyuştirilgan. Har bir oiladan bittadan vakil borib, jamoat bölib, bir-ikki kunda köp işçi kuçi, köp vaqt va katta mablağ sarflanadigan iş bitkazilgan. Haşarlarga asosan erkaklar borgan. Oilada erkagi yöq, yoki boşqa joyda zarur yumuşi bor odam haşar bölayotgan xonadonga biror tovoqda ovqat çiqargan.
Gapning indallosi, köngilli ravişda, öz xohişi bilan ma'lum bir joydagi iş jarayonida jismoniy mehnat qilişni «haşar» deb ataş mumkin bölsa kerak. Lekin şanbalik va haşar - boşqa-boşqa tuşunçalar.
Bizningça, milliy qadriyatlarimiz, udumlarimizdan biri bölgan haşar bugun boşqaça ma'noda işlatila boşlandi.
Özingiz öylab köring, çindan ham şunça odamning hammasi ham öz ixtiyori bilan kun issiğida yöl bosib haşarga kelişganmikin? Ulardan avtobuslarga solib, boşqa tumanga olib borib taşlaşdan oldin rozilik sörab körilganmikin? Ularga haşarga çiqmagani uçun iş joyidan ayrilib qoliş tahdid solmasmikin? Taşkilotlarning xodimlari öz işi qolib quriliş işlariga olib ketilayotgani davlatga qança zarar keltirayotgan ekan? Nega viloyat hokimligi bunday işlar uçun maxsus fond mablağlarini sarflamasdan odamlarni tekinga işlatişni ma'qul köryapti ekan? Axir hududlarni obodonlaştiriş uçun budjet hisobidan milliardlab mablağ ajratiladi-ku?
Nega hududlardagi rahbarlar öz hududlarida bilganini qilmoqda? Minbarlarda, kameralar qarşisida majburiy mehnatga yöl qöyilmasligi haqida takror va takror aytilsa-da, hayotiy haqiqat butunlay boşqaça? Bu nimani anglatadi? Yuqoridagilar qaçongaça jim qarab turişadi? Yana bir şov-şuvli voqeagaçami?
Şu kunlarda OAVda Riştondagi haşardan qaytayotgan Qöştepa tumani obodonlaştiriş bölimi xodimi YTH oqibatida halok bölgani haqida ham xabar tarqaldi. Mantiqan, bunday haşar qança köp vaqtga çözilsa, navbatdagi qurbonlar bölişi ehtimoli ham yöq emas.
Darvoqe, Riştondagi haşar OAVda yozilganidek faqat 27-28 iyul kunlaridagina ötkazilmagan, haşar 30 iyul kuni ham davom etayotgan edi.
Farğona matbuoti esa Riştondagi quriliş işlarida xalq öz xohişi bilan iştirok etayotgani haqidagi maqolalarni e'lon qilişda davom etmoqda.