Özbekistonda fuqarolar faqatgina ov qurolini meros qoldirişi, sovğa qilişi va litsenziyaga ega yuridik şaxslarga sotişi mumkin. Bu haqda Milliy gvardiyaning Nazorat-ruxsat beriş faoliyati bölimi boş inspektori Alişer Musayev bugun «Taraqqiyot strategiyasi» markazida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qildi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

«Mukofot tarzida olingan jangovar qurolni esa Milliy gvardiya organlariga röyxatga qöyişi kerak va unga qurolni saqlaş, olib yuriş ruxsatnomasi muddati çeklanmagan holatda beriladi. Lekin uşbu qurol egasi vafot etganidan söng meros sifatida qoldirib bölmaydi. Uni Milliy gvardiyaga albatta, topşiradi», – dedi Musayev.

Uning ta'kidlaşiça, fuqaro biror sabab tufayli doimiy yaşaş joyidan boşqa hududga uç oydan ortiq muddatga ketayotgan bölsa, u qurolini Milliy gvardiyaning hududiy boşqarmalariga yozma tarzda murojaat qiliş orqali vaqtinçalik saqlaşga topşiradi.

Şuningdek, qurol egasida doimiy röyxatda turgan joyidan boşqa manzilda yaşaş zarurati tuğilsa, u ön kun muddat içida Milliy gvardiya organlariga xabar berişi kerak va şundan söng qurol röyxatga kiritiladi.

Qurolga oid munosabatlarda vakolatli organ vakillarining ma'lum qilişiça, jamoat joylarida, şahar, şahar atrofiga qatnovçi, şaharlararo va xalqaro transportda qurolni oçiq holda (ğilofsiz) olib yuriş taqiqlanadi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 18 yoşga tölgan fuqarolar fuqaroviy sport qurolini va özini özi himoya qiliş qurolini, 21 yoşga tölgan fuqarolar fuqaroviy ov qurolini oliş huquqiga ega.