Özbekiston Milliy matbuot markazi va Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi hamkorligida Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 2 avgust kuni “Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligining 19-son ixtisoslaştirilgan jazoni ijro etiş koloniyasini tugatiş töğrisida”gi qarori ijrosi hamda mazmun-mohiyati tahlili yuzasidan matbuot anjumani bölib ötmoqda.
Kun.uz muxbiri xabariga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida joylaşgan va uzoq yillar davomida qiynoqlar, miş-mişlar bilan nom çiqargan mazkur jazoni ijro etiş koloniyasi ("Jasliq" qörğonida joylaşgan)ga bağişlangan matbuot anjumanida Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri örinbosari Bahrombek Odilov iştirok etyapti.

Tadbirda Bahrombek Odilov “Jasliq” hududida qiynoqqa soliş holatlari kuzatilganini rad etdi. “Jasliq” hududida mahkumlarni qiynoqqa soliş holatlari qöllanilmagan va qöllanilmayapti”, dedi vazir örinbosari.
Eslatib ötamiz, koloniya 1999 yilda taşkil topib, bu yerda oğir va öta oğir jinoyatlar sodir etgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan şaxslar saqlanib kelmoqda.
Bundan oldin, Pölat Bobojonov “Jasliq”dagi mahkumlar sonini oçiqlagandi.












